Albert Agarunov haykali





Albert Agarunov haykali  — Ozarbayjon Milliy Qahramoni Albert Agarunovga bagʻishlangan haykaltaroshlik asari.




Tarixi



Ozarbayjon Milliy Qahramoni haykali 2019-yilning 15-noyabr kuni Boku shahrining Narimanov tumanida oʻrnatildi.


Agarunovga haykal oʻrnatish gʻoyasi Albert xizmat qilgan tank bataloni komandiri Hoji Azimov va Ozarbayjondagi togʻ yahudiylari jamiyati rahbari Milix Yevdayev tomonidan taklif qilingan.


Yodgorlikni yaratish loyihasi Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tomonidan 2019-yil aprel oyida tasdiqlangan. Yodgorlikni yaratishda yosh haykaltaroshlar, Ozarbayjon Davlat Badiiy akademiyasi oʻqituvchilari Rahib Garayev va Zamik Rizayevlar ishlagan. Barcha ishlarga umumiy rahbarlikni akademiya rektori, SSSR Badiiy akademiyasi akademigi, Ozarbayjon SSR xalq artisti, Ozarbayjon SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Umar Eldarov amalga oshirdi.


Yodgorlikning ochilishiga bagʻishlangan tadbirda Ozarbayjon prezidenti maʼmuriyati vakillari, Ozarbayjon mudofaa vaziri oʻrinbosari, general-leytenant Kerim Veliyev, Ozarbayjondagi togʻ yahudiylari jamiyati rahbari Milix Yevdayev, AQSh diniy erkinlik ((USCIRF) xalqaro komissiyasi rahbari Jonni Mur, Lotin Amerikasi, Yevropa va AQShdan kelgan bir qancha ravvinlar, AQShning gʻarbiy shtatlaridan senatorlar va boshqalar ishtirok etdi.


Har yili 25-aprelda agarunovning tavallud kunida uning xotirasiga bagʻishlangan turli tadbirlar oʻtkaziladi.



Kompozitsiya



Albert Agarunov haykali ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni, tank qoʻshinlari general-mayori Azi Aslanov haykalidan keyin ozarbayjonlik tankchiga bagʻishlangan ikkinchi yodgorlikdir.


Yodgorlik Albert Agarunovning tankdagi haykali.


Yodgorlikni yaratish jarayoni olti oy davom etdi. Dastlab haykalning maketi loydan, keyin gipsdan, bronzadan yasalgan. Tosh qismi betondan qilingan.



Fotogalereya




Yana qarang




Manbalar



{{Manbalar}









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz