Albert Adomah





Albert Danquah Adomah (talaffuzi: Albert Danqua Adomah 1987-yil 13-dekabrda tugʻilgan) — professional futbolchi, EFL chempionatining "Queens Park Rangers" klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Adomah Angliyada tugʻilgan hamda Gana terma jamoasi vakili hisoblanadi.


U ham Gana, ham Britaniya fuqarosidir.




Jamoalardagi faoliyati



Harrow Borough



Oʻsmirlik chogʻida Chiswickdagi „Old Meadonians“ havaskor jamoasidagi faoliytidan soʻng, Adomah Shimoliy Gʻarbiy London kollejida 2-darajadagi dekorativ pardozlash va sanoat rasmlari boʻyicha tahsil olagan hamda Istmian ligasi Premer-divizioni Harrow Borough klubida yarim professional futbolchi sifatida toʻp surgan.



Cardiff City (ijara)
Adomah 2020-yilning 31-yanvarida Cardiff Cityga olti oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshildi.



Queens Park Rangers



2020-yil 5-oktyabrda Nottingham Forestdan ketganidan soʻng, Adomah “Queens Park Rangers” bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. U 2021-yil 1-fevralda “Watford” ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan “QPR” safidagi ilk go'lini kiritdi.


2022-yil 15-yanvarda Adomah oʻzining QPRning “West Bromwich” ga qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ishtirok etdi.



Xalqaro martaba



Adomah terma jamoadagi debyutini 2011-yil 5-sentyabrda Craven Cottageda boʻlib oʻtgan Braziliyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. U 2013-yilgi Afrika Millatlar Kubogi uchun Gana terma jamoasining 26 kishilik vaqtinchalik tarkibidan joy olish uchun terma jamoaga qoʻshildi. 9-yanvar kuni Adomag asosiy tarkibga kiritildi, unga 10-raqamli futbolka berildi va unga katta ishonch bildirilganligi aytildi. U Braziliyada boʻlib oʻtgan 2014 FIFA Jahon chempionatiga yoʻl oldi va u yerda Gana terma jamoasi safida bitta oʻyinda ishtirok etdi. 



Faoliyat statistikasi




Xalqaro





Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz