Alber Kamyu «kundaliklar»idan
Erkinlik, bu — yolg‘on gapirmaslik huquqidir.* * *Nega men san’atkorman, faylasuf emasman? Chunki men g‘oyalar orqali emas, so‘zlar vositasida fikrlayman. * * *Hayotning buyuk savoli — odamlar orasida qanday yashash.* * *Tragediya.L.: Dunyoni qayta yaratish — arzimas vazifa.S.: Dunyoni emas, odamni qayta yaratish darkor.* * *Faqat obrazlar orqali tafakkur qilish mumkin. Agar faylasuf bo‘lishni xohlasang, romanlar yoz.* * *Grenye kommunizm haqida: “Adolat idealini deb bema’niliklarga rozi bo‘lish kerakmi”. “Ha”, deb javob berish mumkin, bu — go‘zal. “Yo‘q”, deb ham javob berish mumkin, bu — vijdonan bo‘ladi. — Butun masala ana shunda.” * * *Erkin matbuot yaxshi ham, yomon ham bo‘lishi mumkin. Erksiz matbuot faqat yomon bo‘ladi.* * *Kamdan-kam odam san’atni anglashga qodir.* * * Yozish — minnatsiz yumush demakdir.* * *Manu qonuni:“Ayolning dudog‘i, yosh qizning ko‘ksi, go‘dakning duosi, qurbonlik olovi hamisha pokiza”.* * *O‘limda o‘yin va qahramonlik o‘zining haqiqiy ma’nosiga ega bo‘ladi.* * *(1936), mart.Mening shodligim chegarasiz.* * *31 Mart.Menda shunday tuyg‘u borki, go‘yo men bir maromda tubanlikdan ko‘tarilayotgandekman...* * *May.Jazoirda kun og‘ayotganda ayollar naqadar go‘zal.* * *Ayolning ayovli va sipo do‘stligi.* * *XX asrning eng kuchli ehtirosi — malaylikdir.* * *Eng xavfli yo‘ldan ozish: hech kimga o‘xshamaslik.* * *Men hech narsadan ko‘z yummaslikni afzal bilaman.* * *Hamisha haq bo‘lishga intilish — aqlning tarbiya topmaganligi belgisidir.* * *Har qanday odamning hayotida buyuk tuyg‘ular kam, mayda hislar ko‘p bo‘ladi...* * *Ha, mening vatanim bor: fransuz tili.
Uzpedia.uz