ALBENIS



ALBENIS (Albeniz) Isaak Manuel Fransisko (1860.29.5, Kamprodon, Katoloniya — 1909.18.5, Kambo-Le-Ben, Frantsiya) — ispan kompozitori va pianinochisi. Yangi ispan musiqasining asoschisi. Barselona, Bryussel, Budapesht, Madridda ta’lim olgan. Albenisning ispan musiqa folkloriga murojaati ijodida tub burilish yasadi. Fortepiano uchun yaratgan asarlari kompozitorning nodir merosidir. Bu asarlarda xalq ashula-raqs an’analari va mumtoz musiqa uyg’unlashtirilgan: fortepiano uchun “Ispan syuitasi” (1886), “Ispaniya” (1890), “Iberiya” (1905-09) va b. “Kataloniya” (1899) simfonik syuitasi, sarsuelalar (“Muqaddas Antoniy”, 1894 va boshqalar), operalar (“Genri Klifford”, 1895 va boshqalar), romanslar va boshqalarni yaratgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz