Albano Bizzarri





Albano Benjamin Bizzarri (talaffuzi: Albano Bizzari) (1977-yil 9-noyabrda tugʻilgan) — argentinalik sobiq professional futbolchi. Albano Bizzari faoliyati davomida darvozabon sifatida oʻynagan.


Albano Bizzari oʻzining professional faoliyatining katta qismini Ispaniya va Italiya klublarida oʻtkazdi. Albano Bizzari 1999-yilda „Real Madrid“ futbol klubida faoliyatini boshlagan.




Klublardagi oʻyin faoliyati



Ispaniya



Albano Bizzari oʻz faoliyatini Argentina Primera divizionida „Racing Club de Avellaneda“ klubida boshlagan, u yerda Albano Bizzarining yaxshi oʻyinlari La Liganing kuchli jamoasi „Real Madrid“ klubinning eʼtiborini tortgan. Albano Bizzari „Real Madrid“ klubi bilan 1999-yilda shartnoma imzolagan. Keyinchalik 18 yoshli Iker Casillasning paydo boʻlishi bilan Albano Bizzari ikkinchi raqamli darvozabonga aylangan.


2000-yilning yozida Albano Bizzari „Real Valladolid“ klubiga oʻtdi.


Albano Bizzari 2006—2007-yillarda „Gimnàstic de Tarragona“ klubida faoliyatini davom ettirgan.



Italiya



2007-yilning iyun oyida Albano Bizzari Italiyaning „Calsio Catania“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2008—2009-yillarda Albano Bizzari oʻzining debyut oʻyinlarining katta qismini Ciro Polito ortida (ikkinchi raqamli darvozabon sifatida) zaxirada oʻtkazgan. .


Albano Bizzari 2009-yilning iyun oyida „Lazio“ klubiga tekin transfer orqali qoʻshildi.


2018-yilning 16-iyulida "Udinese" klubi bilan asosiy diviziondagi oʻyinlaridan soʻng, Albano Bizzari B Seriya vakili „Foggia“ klubi safiga qoʻshilgan.



Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati



Garchi Albano Bizzari hech qachon Argentina milliy futbol terma jamoasi safida oʻynamagan boʻlsa-da, Bizzarri 1999-yilgi Amerika Kubogida Argentina milliy futbol terma jamoasining asosiy tarkibiga kiritilgan.



Faoliyat statistikasi




Real Madrid




Lazio




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz