ALAYHISSALOM



ALAYHISSALOM (as) (Arabcha – unga salom bo’lsin) — Islomda payg’ambarlar nomi tilga olinganda aytiladigan duo. Bu duo barcha payg’ambarlar, jumladan Muhammad (sav) nomi tilga olinganda ham aytiladi. Ammo, mazkur duoning ikkinchi turi — “Sallallohu alayhi vasallam” (sav) (“Alloh taolo ul zotga o’zining salavot va salomini nozil etsin”) ham mavjud bo’lib, u faqat Muhammad payg’ambarga nisbatan aytiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz