ALAXDASH



ALAXDASH, deliriy — ong o’zgarishining bir turi, voqealarni anglash qobiliyatining buzilishi. Alaxdash vaqtida bemor ko’pincha bezovtalanib, ko’ziga turli-tuman qo’rqinchli narsalar (masalan, hayvonlar) ko’rinadi, uni ayblovchi, haqoratlovchi tovushlar eshitadi, ba’zan o’zini himoya qilish payida bo’ladi, go’yo atrofidagi hamma narsa o’zgarib ketgandek tuyuladi. Bemor ko’ziga ko’ringan narsalarni, qulog’iga eshitilgan tovushlarni ko’pincha yodida saqlab qoladi. Ammo atrofida sodir bo’lgan voqealarning hammasini eslay olmaydi. Alaxdash bir necha soatdan 3-5 kungacha davom etib, ba’zan qaytalanib turadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz