Alassane Pléa





Alassane Pléa (talaffuzi: Alassane Plea; 1993-yil 10-martda Fransiyaning Lill shahrida tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, Menxengladbaxning „Borussia Mönchengladbach“ futbol klubi qanot himoyachisi.




Klublardagi faoliyati




Pléa „Olympique Lyonnais“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yil 7-oktabrda „Lorient“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga 1da debyut qilgan. 2014-yil boshida Alassan oʻyin amaliyotiga ega boʻlishi uchun „Oser“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 15-fevral kuni „Brest“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga 2da debyut qilgan. 21-mart kuni „Union Sportive Créteil-Lusitanos“ futbol klubiga qarshi bahsda Pléa „Oser“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan. Ijaradan qaytganidan soʻng, u hech qachon „Lyon“ futbol klubining asosiy tarkibidan joy olmagan.


2014-yilning yozida Alassan „Nice“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 500 ming yevroni tashkil qilgan. 29-avgust kuni Marselning „Olympique de Marseille“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa tarkibida debyut qilgan. 26-oktabr kuni Avant Guingamp futbol klubiga qarshi bahsda Pléa „Nice“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. 2016-yilning 20-oktabr kuni Avstriyaning „Red Bull Salzburg“ futbol klubiga qarshi Yevropa ligasi o‘yinida u g‘alaba to‘pini kiritgan.


2017-yilda Yevropa ligasi doirasida Gollandiyaning „Vitesse“ futbol klubi va Belgiyaning „Zulte Waregem“ jamoalariga qarshi o‘yinlarda Pléa „dubl“ amalga oshirgan.


2018-yilning yozida Alassan Myonxengladbaxning „Borussia Mönchengladbach“ futbol klubiga oʻtib, 5 yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 23 million yevroni tashkil qilgan. 25-avgust kuni „Bayer 04“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Bundesligada debyut qilgan. 1-sentabr kuni „Augsburg“ futbol klubiga qarshi bahsda Pléa „Borussia Mönchengladbach“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.


2020-yilning 3-noyabr kuni Alassan Chempionlar ligasida „Shaxtyor“ futbol klubiga qarshi safar oʻyinida „Borussiya“ futbol klubi foydasiga yakunlangan o‘yinda xet-trik qayd etgan. Bu Myonxengladbaxning „Borussia“ futbol klubi tarixidagi Chempionlar ligasidagi ilk xet-trik boʻlgan. 2020-yilning 1-dekabr kuni Chempionlar ligasida „Inter“ futbol klubiga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan, ammo „Borussia“ futbol klubi yakuniy natijaga koʻra 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.



Xalqaro faoliyati



Fransiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Pléa Estoniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ispaniya, Angliya, Xorvatiya va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.



Statistika




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz