Alangalanish




Alangalanish  — yonishni vu-judga keltiruvchi jarayon; yonuvchi moddaning biror issiqlik manbai (alanga, qizigan jism, elektr uchquni) taʼsirida oʻt olib, yolqinlanib yonishi. A. yonilgʻining oʻz-oʻzidan oʻt olishidan farq qiladi; tashqi manba taʼsirisiz qizib oʻt olish oʻz-oʻzidan A. deyiladi. Masalan, suyuqliklarda A. ikki bosqichda kechadi, dastlab suyuqlik bugʻlanadi, keyin yana qizdirilsa, bugʻ-havo aralashmasi hosil boʻlib alangalanadi. Suyuklikning alangalanishi uchun yetarli past temperatura A. temperaturasi deyiladi. A. temperaturasi yonilgʻining 292oʻz-oʻzidan A. temperaturasidan birmuncha yuqori boʻladi. Yopiq idishdagi yonilgʻining A. temperaturasiga qarab suyuq yonilgʻilar oʻt olish xavfi jihatidan sinflarga boʻlinadi va shunga yarasha alangalanmaslik chora-tad-birlari koʻriladi (qarang Yonish).



Adabiyotlar
























uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz