Alana Boden
Alana Evie Boden (14-yanvar, 1997-yilda tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa. U Lifetime efirga uzatgan I Am Elizabeth Smart (2017) filmidagi ijrosi uchun Critics' Choice mukofotiga nomzod boʻlgan.
Yoshligi
Boden Surrey shahrida tugʻilgan va Hampshirerda oʻsgan. Uning 2 nafar singlisi bor. U oʻz karyerasini toʻqqiz yoshida televizion reklamalari va qisqa metrajli filmlarga oʻtishdan oldin yosh model sifatida boshlagan. U faoliyati uchun vaqt ajratish maqsadida uyda taʼlim olgan.
Faoliyati
Boden oʻzining televizion debyutini ITV kanali efirga uzatgan Mr Selfridge dramatik serialining ikkinchi va uchinchi seriyalarida Beatrice Selfridge rolini amalga oshirgan. U 2016-yilda London qisqa metrajli filmlar festivalida The Earth Belongs to No One dramasidagi ijrosi uchun „Rising Star“ mukofotini qoʻlga kiritadi. Oʻsha yili u Angliyadagi ot sporti maktabi haqidagi Kanada serialida Elaine Wiltshire rolini oʻynadi.
2017-yilda Boden Lifetimeda efirga uzatilgan I Am Elizabeth Smart biografik filmida Elizabeth Smartning yoshlik talqinini gavdalantiradi, buning uchun Boden keyingi yilda Critics' Choice mukofotida televideniye filmi yoki cheklangan seriyadagi eng yaxshi aktrisa nominatsiyasiga sazovor boʻldi.
Boden Hostage Radio, Infamous Six va Uncharted filmlarida paydo boʻldi. 2022-yildan boshlab u Garden of Shadows romani asosidagi Lifetimeda efirga uzatilgan miniserial Flowers in the Attic: The Originda rol ijro etgan. U The Invitation (ilgari The Bride deb nomlangan) va Horrorscope filmlarida boʻlajak rollarga ega.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Mukofotlar va nominatsiyalari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org