Alan Quine





Alan Wesley Quine (talaffuzi: Alan Uesli Kvin) (1993-yil 25-fevralda tugʻilgan)—kanadalik professional xokkeychi. Hozirda Alan Quine „Ontario Reign“ xokkey klubi bilan Amerika Xokkey Ligasida (AHL) oʻynaydi.




Oʻyin faoliyati



Oʻsmirlik



Kingston Frontenacs tomonidan 2009-yilgi Ontario Xokkey Ligasi (OHL) Prioritet tanlovining birinchi bosqichida 2-oʻrindagi tanlov asosida tanlan Alan Quine „Kingston Frontenacs“, „Peterborough Petes“ va „Belleville Bulls“ xokkey klublari bilan OHLda 252 oʻyin oʻtkazdi va jami 90 gol va 128 golli uzatma 218 ochko va 218 penalti qayd etdi. 2010—2011-yilgi OHL mavsumidan soʻng, Alan Quine 2011-yilgi NHL kirish loyihasining 3-raundida „Detroit Red Wings“ xokkey klubi safiga qoʻshildi, ammo Alan Quine „Red Wings“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolamadi.



Professional



2013-yil 28-sentabrda „New York Islanders“ xokkey klubi Alan Quine bilan boshlangʻich darajadagi uch yillik shartnoma imzoladi va Alan Quine 2013—2014-yilgi mavsumda AHLning „Bridgeport Sound Tigers“ xokkey jamoasi bilan oʻynashga tayinlandi.


2016-yil 9-aprelda Quine „Sound Tigers“ xokkey jamoasidan asosiy jamoa safiga chaqirildi va „Buffalo Sabers“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda „Islanders“ klubi safida NHLdagi debyut oʻyinini oʻtkazdi va u oʻzining birinchi NHL ochkosini gol bilan qoʻlga kiritdi. 2016-yil 14-aprelda Alan Quine assistentlik qilish orqali oʻzining birinchi NHL pley-off ochkosini qoʻlga kiritdi. 2


Alan Quine 2017—2018-yilgi mavsumdan keyin erkin agent sifatida „Islanders“ xolley klubini tark etdi. 2018-yilning 1-iyulida u „Calgary Flames“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnomaga rozi boʻldi.


„Flames“ klubidagi ikki mavsumdan soʻng, Alan Quine erkin agent sifatida 2020-yil 9-oktabrda „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan bir yillik 750 000 dollarlik shartnoma imzoladi.


2022—2023-yilgi mavsumda erkin agent sifatida Quine faoliyatini AHLda davom ettirish uchun 2022-yil 18-avgustda „Los Angeles Kings“ xokkey klubining asosiy filiali boʻlgan „Ontario Reign“ xokkey klubi bilan shartnomaga rozi boʻldi.



Faoliyat statistikasi



Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Xalqaro




Mukofot va unvonlar




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz