Alan Mannus




  Alan Mannus (inglizcha: Alan Mannus;) — Shimoliy Irlandiyalik futbolchi, „Shemrok Rovers“ jamoasi darvozaboni sifatida faoliyat yuritadi. 2016-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi hisoblanadi .





Jamoalardagi faoliyati



Mannus faoliyatini „Linfild“ klubida boshlagan. 2002-yilda u Shimoliy Irlandiya chempionatida jamoa uchun debyut qilgan va deyarli darhol asosiy darvozabon oʻrnini egalladi, bungacha Mannus Larn va Kerrik Reynjers klublarida ijara asosida oʻynagan. 2003-yilda „Omag Town“ga qarshi oʻyinda Alan avtogol muallifi boʻlgan. Oktabr oyi oxirida u oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlandi. 2004-yilda Mannus „Lindfild“ bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirgan. 2007-2008-yilgi mavsumda Alan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Klub bilan u besh marta Shimoliy Irlandiya chempionatida gʻolib chiqdi, shu bilan birga, toʻrt marta mamlakat kubogini va ikki marta Liga kubogini qoʻlga kiritdi. Lindfilddagi to‘qqiz yillik faoliyati davomida Mannusga Angliyaning „Everton“ va „Donkaster Rovers“ hamda Shotlandiyaning „Motherwell“ klublari qiziqish bildirishgan.


2009-yilda Alan Irlandiyaning „Shemrok Rovers“ jamoasiga oʻtgan. 22-avgust kuni u Irlandiya chempionatida „Dundalk“ga qarshi debyut qilgan. 2010-yilda Mannus klubga chempionlikni qoʻlga kiritishda yordam berdi hamda yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga nomzod boʻldi, shu bilan birga eng yaxshi darvozabon deb topilgan.


2011-yilda Alan erkin agent sifatida Shotlandiyaning „Sent-Jonston“ klubiga oʻtdi . U Piter Enkelmanning oʻrnini egalladi, birorq Finlandiya darvozaboni „Dandi United“ga qarshi oʻyinda beshta gol oʻtkazib yuborgach, Mannus darvozadan joy olgan. U Shotlandiya Premer-ligasida debyutini 19- fevral „Aberdin“ga qarshi oʻtkazdi. 2014-yilda Alan Sent-Jonstonga Shotlandiya kubogini yutishda yordam bergan. 2018-yilning yozida Mannus Shemrok Roversga qaytgan.



Xalqaro martabasi



2004-yilda Mannus Shimoliy Irlandiya terma jamoasi safida Trinidad va Tobagoga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.


2016-yilning yozida Alan Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Ammo turnirda u zaxiradan maydonga tushmagan.



Jamoa oʻyinlari




Yutuqlari



Jamoaviy yutuqlari



„Linfild“




„Shemrok Rovers“




„Sent-Jonston“




Shaxsiy yutuqlari




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz