Alan Lithgow





Alan Lithgow (talaffuzi: Elan Ligou) (1988-yil 12-martda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi. Alan Lighgow Shotlandiya chempionati vakili „Greenock Morton“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.



Faoliyati



Bellshill shahrida tugʻilgan Alan Lighgow oʻzining professional faoliyatini „Heart of Midlothian“ futbol klubida boshlagan va 2004-yilda „East Kilbride Burgh“ futbol klubining yoshlar jamoasidan qoʻshilgan.


Alan Lighgow 2006-yil sentyabr oyida „Alloa Athletic“ futbol klubi ustidan 4-0 hisobida gʻalaba qozonilgan Liga kubogi doirasidagi oʻyinda yangi klub safida oʻzining birinchi uchrashuvini oʻtkazdi.


Alan Lighgow 2007—2008-yilgi mavsumning soʻnggi qismida „Stirling Albion“ futbol klubi safida ijara shartnomasi asosida uchta oʻyin oʻtkazdi.


Alan Lighgowning „Hearts of Midlothian“ futbol klubi bilan shartnomasi 2008-yil avgust oyida oʻz nihoyasiga yetdi. Shundan soʻng, Alan Lighgow „Clayde“ bilan mashgʻulot oʻtkazdi va 2008-yil 29-oktyabrda yil oxirigacha qisqa muddatli shartnoma imzolashdan oldin klubning zaxira jamoa oʻyinlarida maydonga tushdi. Alan Lighgow klubdagi ilk oʻyinini 2008-yilning noyabrida „St Johnston“futbol klubi bilan 2:2 hisobidagi durang uchrashuvda oʻtkazdi. Alan Lighgowning shartnomasi 2009-yil iyun oyida „Clayde“ futbol klubining quyi ligaga tushib ketishi va moliyaviy muammolardan soʻng bekor qilindi, ammo 2009-yilning iyulida Alan Lighgow klub bilan yangi bir oylik shartnoma imzoladi. Alan Lighgow mavsum davomida „Clayde“ futbol klubi uchun yaxshi formasini namoyish etdi. Klub Uchinchi divizionga tushib ketganidan soʻng, Alan Lighgow yangi shartnoma taklifini rad etdi va 2010-yilning may oyida klubni tark etdi. „Greenock Morton“ futbol klubi bilan sinovdan oʻtganiga qaramay, unga toʻliq vaqtli shartnoma taklif qilinmadi va 2010—2011-yilgi mavsumda „Clayde“ futbol klubiga qaytdi. 2011-yilning may oyida Alan Lighgow yangi shartnoma taklifini rad etdi va yana klubni tark etdi.


2011-yil 21-iyunda Alan Lighgow „Dumbarton“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Alan Lighgow klub bilan ikki mavsumda 63 ta oʻyin oʻtkazdi va klub uchun jami 5 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.


2013-yilning yozida Alan Lighgow „Ayr United“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. 2014-yilda Alan Lighgow „Stenhousemuir“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.


2016-yil 16-mayda Alan Lighgow Shotlandiya ligasining birinchi jamoasi „Livingston“ futbol klubiga qoʻshildi. Alan Lighgow „Livingston“ klubi bilan 2016-2017 va 2017—2018-yilgi mavsumda ketma-ket muvaffaqiyatlarga erishdi va klub Shotlandiya Premer-ligasiga chiqdi.



Faoliyat statistikasi




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz