Alan Ladd





Alan Walbridge Ladd (talaffuzi: „Alan Uolbrij Ledd“, 1913-yil 3-sentyabr — 1964-yil 29-yanvar) — amerikalik aktyor va kino prodyuseri. Ladd 1940-yillar va 1950-yillarning boshlarida kinoda muvaffaqiyatga erishdi, xususan, Shane (1953) kabi Western va noir filmlarida. U koʻpincha Veronika Lake bilan „The Gun for Hire“ (1942), „The Glass Key“ (1942) va „Th Blue Dahlia“ (1946) kabi „noir“ filmlarida suratga tushgan.




Biografiyasi



Ladd 1913-yil 3-sentyabrda Arkanzas shtatining Hot Springs shahrida tugʻilgan. U Ina Raleigh (shuningdek, Selina Raleigh nomi bilan ham tanilgan) (1888-1937) va mustaqil hisobchi Alan Laddning (1874-1917) yagona farzandi edi. Uning onasi ingliz va Durham okrugidan boʻlib, 1907-yilda 19-yoshida AQShga koʻchib ketgan. Uning otasi Ladd toʻrt yoshida yurak xurujidan vafot etdi. 1918-yil 3-iyulda yosh Alan gugurt o‘ynab, tasodifan oilaviy uyni yoqib yubordi. Onasi Oklaxoma Siti shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda rassom Jim Biversga turmushga chiqdi (1936-yilda vafot etgan).



Erta karyerasi



Laddning „The Mikado“ filmidagi oʻyinini isteʼdod ovchilari koʻrgan. 1933-yil avgust oyida Ladd Universal Pictures bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan yosh „kashfiyotlar“ guruhidan biri edi. Shartnomada yetti yil davom boʻlishi mumkin boʻlgan variantlar bor edi, ammo ularning barchasi studiya foydasiga edi. Ladd „Once in a Lifetime“ (1932) filmida nomaʼlum rol ijro etdi.



Oʻlimi



1964-yil yanvar oyida tizzasini jarohatlaganidan keyin Ladd Palm Springsdagi uyida sogʻayishiga umid qildi. 1964-yil 29-yanvarda uning xizmatchisi Laddni ertalab soat 10 da karavotida ko‘rganini va hammasi joyida boʻlganini aytdi. 3:30 da qaytib kelganida esa u Laddni toʻshagida oʻlik holda topdi.






Filmografiyasi




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz