Alan Hale Jr.





Alan Hale ( Alan Hale MacKahan, talaffuzi: „Alan Xeyl MakKahan“, 1921-yil 8-mart — 1990-yil 2-yanvar) amerikalik aktyor va restavrator. U aktyor Alan Hale Sr.ning oʻgʻli edi. Alanning televideniyedagi faoliyati 40-yil davom etgan.




Yoshlik



Alan Hale MacKahan Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida tugʻilgan. Uning otasi aktyor Rufus Edward MacKahan, onasi esa ovozsiz kino aktrisasi Gretchen Hartman boʻlishgan. Uning otasi 235 dan ortiq filmlarda suratga tushgan va ovozsiz filmlarda bosh rol ijrochisi sifatida ham, ovozli filmlarda yordamchi aktyor sifatida ham muvaffaqiyatli kareraga ega bo‘lgan. Hale Jr. chaqaloqligida ovozsiz filmlarda suratga tushgan.


Hale Ikkinchi jahon urushi paytida Qoʻshma Shtatlar qirgʻoq qoʻriqlash xizmatida xizmat qilgan. 1950-yilda otasi vafot etganidan keyin oʻz nomidan „Junior“ ni olib tashladi.



Karyera




1931-yilda Hale „Caught Wet“ filmida Brodvey sahnasida debyut qildi. Spektakl 4-noyabrda ochilgan va shu oyning oxirida yopilgan. 1933-yilda chiqqan Wild Boys of the Road filmida ekrandagi debyutini qildi. Garchi uning roli oʻsha filmning soʻnggi versiyasidan oʻchirilgan boʻlsa-da, u oʻzining ijrosi uchun ekran mukofotini oldi. Keyinchalik u "To The Shores of Tripoli" (1942), „Yanks Ahoy“ (1943), "Sweatheart of Sigma Chi" (1946) va "When Willie Comes Maching Home" (1950) filmlaridagi rollarda paydo bo‘lgan.






Shaxsiy hayot



Hale ikki marta uylangan, birinchi nikohi 1943-yil 12-martda boʻlgan. Gollivudda Bettina Reed Doerrga. Ularning toʻrt farzandi bor edi: Alan Brian, Chris, Lana va Dorian. Er-xotin keyinroq ajrashishdi. 1964-yilda Hale sobiq qoʻshiqchi Naomi Grace Ingramga uylandi va u oʻlimigacha birga yashadi.



Oʻlim



Hale 1990-yil 2-yanvarda 68 yoshida Los-Anjelesdagi Sent-Vinsent tibbiyot markazida timus saratonidan vafot etdi. Uning jasadi kuydirildi va kuli Tinch okeaniga sepildi.


Televizion sohaga qoʻshgan hissasi uchun Alan Hale kichik Gollivud bulvari 6653 da joylashgan Gollivud shon-shuhrat xiyobonida yulduzga ega.



Tanlangan filmografiya




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz