Alan Cervantes
Alan Josué Cervantes Martin del Campo (talaffuzi: Alan Servantes) (1998-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga MX klubining Santos Laguna klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Yoshlar darajasi
Cervantes 2013-yilda Gvadalajaraning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. U Chivas Yoshlar Akademiyasida U-15, U-17 va U-20 yoshlar tizimidan muvaffaqiyatli oʻtgan. Birinchi divizion jamoasiga qoʻshilish imkoniga ega boʻlgunga qadar Club Leónda oʻzining professional debyutini Xaver Torrente qoʻl ostida amalga oshirgan.
Leon (ijara) Cervantes Leonga sotib olish opsiyasisiz bir yilga ijaraga berilgan. U professional debyutini 2017-yilning 22-iyulida „Atlas“ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, 3:0 hisobida magʻlubiyat bian boshlagan.
Gvadalajara
Cervantes 2018-yilgi mavsum uchun dekabr oyida ijaradan qaytgan.
Xalqaro faoliyati
Yoshlar terma jamoasi
Cervantes 2017-yili Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida milliy terma jamoaning barcha oʻyinlarida jamoaga sardorlik qilgan.
Cervantes 2018-yilgi Tulon turnirida ishtirok etgan 21 yoshgacha boʻlganlar roʻyxatiga kiritilgan, u yerda Meksika ikkinchi oʻrinni egallagan.
Cervantes 2020-yilgi CONCACAF Olimpiada saralash chempionatida ishtirok etib, toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan va u yerda Meksika musobaqada gʻalaba qozongan.
Kattalar terma jamoasi
2021-yil 3-iyulda Cervantes terma jamoadagi debyutini Nigeriyaga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazgan va 81-daqiqada Erik Gutierrez oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlar
Gvadalajara Meksika yoshlari Manbalar
uz.wikipedia.org