Alan Baker
Alan Baker (talaffuzi: Alan Beyker) (19-avgust 1939-yil — 4-fevral 2018-yil) — britaniyalik matematik. Baker sonlar nazariyasidagi samarali uslublar, xususan, tanssendent sonlar teoriyasidan kelib chiqadigan metodlar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1970-yil 31 yoshida Fields medali bilan taqdirlangan.
Baker London kollej universitetida tahsil olgan, Cambridge universiteti qoshidagi Trinity kollejidan PhD darajasini olgan. 2006-yilgacha Cambridge universitetida sof matematika professori lavozimida ishlagan. Olim sonlar nazariyasi bilan bir qatorda logarifmik formalar, samarali uslublar, Diophantus geometriyasi hamda Diophantus analizi sohalarida ishlab keladi.
Baker 1972-yilda Adams mukofotiga sazovor boʻlgan, 1973-yilda London qirollik jamiyatining aʼzosi etib saylangan. 2012-yilda esa Amerika matematika jamiyati aʼzosi etib tayinlangan. Olim Hindiston Fanlar akademiyasining xorijlik aʼzosidir.
uz.wikipedia.org