Aʼlamjon Ibragimov




Aʼlamjon Amrilloyevich Ibragimov (1974-yil 24-dekabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi



Aʼlamjon Ibragimov 1974-yil 24-dekabr Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1996-yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan hamda ilk faoliyatini shu universitetda boshlagan. 1996—1998-yillarda Samarqand davlat universiteti umumtexnika fanlari kafedrasi katta laboranti, 1998—2003-yillarda shu kafedra oʻqituvchisi, 2003—2011-yillarda Samarqand davlat universiteti maxsus sirtqi boʻlimi dekani oʻrinbosari, 2011—2012-yillarda Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti jismoniy tarbiya, sanʼat va mehnat taʼlimi kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2012—2014-yillarda ayni shu institutning oʻquv-metodik ishlar boʻyicha prorektori, 2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Pedagogika fanlar ilmiy tadqiqot instituti doktoranti, 2018—2019-yillarda Samarqand viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2019-yildan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi direktori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy faoliyati



2018-yil 5-dekabrda Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. 130 ga yaqin ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. 2021-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni, xuddi shu yili „Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz