ALAMBARDOR MAQBARASI



ALAMBARDOR MAQBARASI – Turkmanistondagi me’moriy yodgorlik (11-asr). Somoniylar sulolasidan Muntasir (1005 yil vafot etgan) dafn qilingan deb taxmin etiladi. Maqbara peshtoq gumbazli, bir xonali, murabba tarxli (10,35×10,35 metr), devorlari qalin, gumbaz osti bag’allariga g’ishtlar mavjli shaklda terilgan. Bosh tarzi uch qismga bo’lingan. O’rtadagi chuqur ravokli peshtoq va ikki yonidagi yassi ravoqda g’ishtlar naqsh hosil qilib terilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz