ALAMATOV Otaxon (1947.6.3, Andijon viloyati marhamat tumani Qoraqo’rg’on qishlog’i) — O’zbekiston Qahramoni (1999). Mehnat faoliyatini marhamat tumanidagi U. Qoraboyev nomli jamoa xo’jaligida brigada hisobchisi vazifasidan boshlagan (1965), 1978 yildan shu xo’jalikda brigada boshlig’i. Alamatov rahbarlik qilgan brigada O’zbekiston Respublikasining don mustaqilligini ta’minlashda — paxta va don hosildorligini oshirish, sifatli urug’lik bug’doy yetishtirish sohasida uzoq yillar davomida yuqori ko’rsatkichlarga erishdi (bug’doy hosildorligi 1998 yilda 84,0 tsentner/gektar, 1999 yilda 70 gektar ekin maydonning har gektaridan 87,0 tsentner/gektar).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish