ALAJAXYOYUK
ALAJAXYOYUK – Bo’g’ozko’y qishlog’idan (Markaziy Anadolu, Turkiya) shim. roqdagi tepalik. Arxeologik qatlamlar topilgan (miloddan avvalgi 4-3 – ming yillik — miloddan avvalgi 7-6-asrlar). Ilk jez davri (miloddan avvalgi 3-ming yillik) ga oid nihoyatda boy nekropol ochilgan. Undan qimmatbaho idishlar, qurol-yarog’, marosim buyumlari, bezaklar hamda xettlar davriga oid mahobatli mudofaa devori qoldiqlari topilgan, devordagi darvozalarga sfinkslar shakli tushirilgan. Tepalikda ibodatxona va boshqa me’moriy inshootlar xarobalari ham saqlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz