Al-Adab al-Mufrad





Al-adab al-Mufrad (arabcha: الأدب المفرد) — Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Buxoriy qalamiga mansub inson xulqini takomillashtirish haqidagihadislar toʻplami.


Kitobda Muhammad (s.a.v.) paygʻambarning odob-axloqi toʻgʻrisida hadislar bor. Asardan umumiy 1322 hadis joy olgan.  Ushbu kitob Imom al-Buxoriyning boshqa kitobi - „Al-Jome as-Sahih“ hadislar toʻplamining soyasida qolgan deyiladi. Musulmon ulamolari oʻrtasida al-Jome 'as-Sahih va Sahihi Muslim, Islomning Qur’ondan keyingi eng haqiqiy kitoblari ekanligi toʻgʻrisida yakdil fikr mavjud.


Garchi al-Adab al-Mufrad oʻzining muhim asari boʻlgan boʻlsa-da, Imom al-Buxoriy al-Adab al-Mufrad ichidagi hadislarning oʻzi uchun qoʻygan Al-Jome as-Sahihdek juda qattiq va qatʼiy haqiqiylik shartlariga javob berishini talab qilmagan. Biroq, hadis zanjirlarini al-Adab al-Mufrad ichida tushuntirgan, sharhlagan yoki izlab topgan va tasniflagan keyingi olimlarning asarlariga asoslanib, undagi rivoyatlarning aksariyati sahih yoki hech boʻlmaganda kuchsiz deb topilgan.



Kitob mundarijasi



Ota-onaga eʼtibor, hurmat: 1-24 boblar


Qarindoshchilik, silayi rahm: 25-38 boblar


Tarbiya, mehr va oqibat: 39-54 boblar


Qoʻshnichilik: 55-70 boblar


Karam, yaxshilik qilish: 71-72 boblar


Yetimni tarbiya qilish: 73-81 boblar


Qoʻl ostidagilarga yaxshi munosabat haqida: 82-107 boblar


Yaxshilik va oʻzaro yordam: 108-123 boblar


Ochiqyuzlilik, tabassum va hazil: 124-127 boblar


Maslahat va mashvarat: 128-130 boblar


Oʻzaro muhabbat va yaxshi xulq: 131-135 boblar


Saxiylik, baxillik va qizgʻanchiqlik: 136-141 boblar


Koʻngil shodligi, laʼnat va duoibad: 142-149 boblar


Gap tashuvchilik: 150-152 boblar


Maqtash va eʼzozlash: 153-158 boblar


Ziyoratning fazilati: 159-161 boblar


Kishi sevgani bilan birgadir: 162 bob


Yoshi ulugʻlarni hurmatlash, kichiklarni izzatlash: 163-173 boblar


Maxluqlarga marhamatli boʻlish: 174-178 boblar


Odamlar orasida yaxshilik tarqatish: 179-185 boblar


Nasablar, qavmni sevish: 186-187 boblar


Araz va adovat: 188-192 boblar


Salomlashish, maslahat, oʻrnak: 193-196 boblar


Makr, aldov, soʻkinish: 197-202 boblar


Aybni yuziga aytish, tuhmat, mazax: 203-206 boblar


Isrofgarlik: 207-208 boblar


Turar-joylarni taʼmirlash, binolar 209-216 boblar


Muloyimlik va nazokat: 217-221 boblar


Molni tejash, zulm: 222-225 boblar


Kasalni koʻrish, bemorlik: 226-246 boblar


Yaxshi koʻrish, takabburlik, oʻch olish: 247-252 boblar


Qahatxchilik, tajribalar, ittifoq: 253-256 boblar


Aka-uka tutinish va islomiy ittifoq: 257-258 boblar


Rahmat va baraka: 259-264 boblar


Sir saqlash, halimlik, zulm va haddan oshish: 265-268 boblar


Hadyani qabul qilish va hayo: 269-271 boblar


Duo va salavot: 272-304 boblar


Gʻiybat qilish: 305-308 boblar


Mehmondorchilik 309-317 boblar


Yaxshi va yomon xulqlar, holatlar: 318-353 boblar


Ismlar, kunyalar va laqablar: 354-378 boblar


Adab haqida: 379-380 boblar


Sheʼrlar va shoirlar: 381-387 boblar


Gapirish va masxara: 388-395 boblar


Yaxshi axloqlar, zulm va adovat: 396-405 boblar


Tabiat hodisalari: 406-408 boblar


Shumlashish: 409-414 boblar


Aksirish va esnash, tik turish, oʻtirish: 415-439 boblar


Soʻrashish, quchoqlashish, oʻpish: 440-447 boblar


Salomlashish: 448-481 boblar


Hijob oyati, mahram vaqt: 482-485 boblar


Izn soʻrash: 486-512 boblar


Zimmiy, ahli kitob va mushriklarga salom: 513-523 boblar


Maktub yozish: 424-533 boblar


Oʻtirish va yotish odoblari: 534-576 boblar


Uyqu va uxlash odobi: 577-594 boblar


Xatna va boshqa marosimlar: 595-606 boblar


Gigiyena: 607-608 boblar


Qimor va nard: 609-617 boblar


Turli mavzular: 618-645 boblar



Manbalar




Havolalar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz