Aladağ




Aladağ  — Adana viloyatidagi tuman.


Sharqda Kozan tumani, janubda İmamoğlu va Karaisali tumanlari, gʻarbda Pozanti tumani, shimolda Niğde va Kayseri viloyatlari joylashgan. Maydoni 1347 km². Aholisi 2020-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 15,998 kishidir.Tuman markazi — Aladağ shahri. Dastlab Karsantı nomi bilan tanilgan Karaisalı 1987-yilda tumanga aylantirilgan. Okrugning shimoliy qismida Toros togʻlarining Antitavr (Aladağ)lar deb nomlangan qismi joylashgan. Tuman oʻz nomini shu togʻlardan olgan. Tuman geografik jihatdan togʻli hududda joylashganligi sababli qishloq xoʻjaligida hosildorlik past. Tuman 6360-sonli qonun bilan markaz tuman munitsipalitetiga aylantirilgan. Tuman 31 ta mahallani oʻz ichiga oladi.


Turizm nuqtai nazaridan eng mashhur joylar; Akören cherkovi, Meydan qal’asi, Küp sharsharasi, Ağacakise yodgorlik daraxti, Simit, Eğner va Kapuzbaşı sharsharalari, Mazilik Ören qal’asi, Posyağbasan qal’asi, Sandıklı va Acı su kabilar mavjud.




Nomining kelib chiqishi



Aladağning avvalgi nomi Karaköy boʻlib, u 1973-yilda Karsantı deb oʻzgartirilgan. Bu joy 1987-yilda tuman markaziga aylangach, hozirgi nomini olgan. Tuman nomi Tavr togʻlarining Aladağlar deb nomlangan qismidan kelib chiqqan. Bu nom Qadim zamonlarda Anadoluda gapirilgan Luvi tilidan kelib chiqqani taxmin qilinadi. Usmonli davlati manbalarida Karsandı shaklida qayd qilingan. Shuningdek, Karaköy nomi bilan ham tilga olinadi.



Tarixi



Qadimiy aholi yashash manzilgohi sifatida bilingan Aladağ Xet, Rim va Vizantiya hukmronligidan soʻng Saljuqiylar sulolasi davrida koʻchmanchi aholi kelib oʻrnasha boshlagan. 1360-yillarda shahar Ramazonoʻgʻullari bekligiga keyinchalik esa Yavuz Sulton Salim davrida Usmonli imperiyasiga qoʻshib olingan. 1973-yilda bu hududda alohida maʼmuriy markaz tashkil etilgan. 1987-yilda Aladağ shu nomdagi tuman markaziga aylandi.



Mahallalar




Eslatma: Qishloq aholisi 2013-yildan beri jadvalga kiritilmagan, chunki yangi qabul qilingan metropoliten qonuniga koʻra qishloqlar mahalla maqomiga oʻtgan.


Aladağning 31 mahallasidan 4 tasi markazda joylashgan. 4080 nafar aholi (25,7%) markaziy mahallalarda istiqomat qilib keladi. Aladağning markazdan eng chetda joylashgan mahallasi 106.km uzoqlikda joylashgan Kışlak dir. Aholisi eng koʻp boʻlgan Büyüksofulu mahallasida 1664 kishi yashaydi. 2017-yil hisobotiga koʻra Aladağ aholisi 2,68% ga kamaygani aytiladi.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz