Al-Abvo




Al-Abvo (arabcha: الأبواء) — joy nomi.



Tarixi



Al-Abvo — Madinaga qarashli al-Fur’ qishlog‘i yerlaridan hisoblangan qish­loq. Madinaga boruvchi kishi uchun u bilan Juhfa qishlog‘i orasi yigirma uch mil masofani tashkil qilgan. Yoqut al-Hamaviyga ko‘ra, Orat tog‘i va Madinadan Makkagacha bo‘lgan yo‘lning o‘ng tomonida joylashgan tog‘ning nomi ham al-Abvodir. U yerda shu toqqa nisbat berilgan shahar mavjud bo‘lib, Sa’b ibn Jassoma al-Laysiy rivoyatidagi hadisda u haqda zikr qilingan.


577-yilda Muhammadning onalari Omina bint Vahb ibn Abdumanof Ul Zotni tog‘a urug‘i bilan tanishtirish uchun Madinaga olib borib, qaytayotganda yo‘lda vafot etgan va al-Abvoda dafn qilingan. Al-Abvoda uning qabri mavjud. Payg‘ambarning Madinadan birinchi bor qilgan safarlari al-Abvoga bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, 3/625-yilda makkaliklar Madinaga yurish qilib kelgan vaqtda baʼzilar Omina jasadini qabridan qazib olishni taklif qilgan. Ammo ko‘pchilik bu ishga qarshi chiqqan. Muhammad Toif qamalidan qaytayotganlarida shu qishloqdan o‘tib, onalari qabrini ziyo­rat qilganlar.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz