Al-Abbos ibn Uboda





Al-Abbos ibn Uboda (arabcha: بن عبادة العباس — Al-Abbos ibn Uboda ibn Nazla al-Ansoriy al-Xazrajiy) — sahoba.



Hayoti



Ansoriy sahobalardan bo‘lib, birinchi va ikkinchi aqaba bay’atida ishtirok etgan. Ikkinchi aqabada xazrajliklarga qarata nutq so‘zlagan va ularga bay’atning mohiyati, bay’atdan keyin ulardan talab qilinuvchi ishlar haqida eslatgan. Ushbu bay’atdan keyin Madinaga qaytmay, Makkada Payg‘ambar bilan birga qoladi. Rasulullohdan bir oz oldin Madinaga hijrat qiladi. Shu bois "Madinalik muhojir" degan nom bilan atalgan. Hijratdan so‘ng muhojirlardan Usmon ibn Maz’un bilan birodar tutingan.


Al-Abbos ibn Uboda Badr jangida ishtirok etmagan, biroq Uhud jangida qatnashgan. Ushbu jangda musulmonlarning parokanda bo‘lib, mag‘lubiyatga uchrayotganini ko‘rgach, ularni ruhlantiruvchi so‘zlarni aytib jangga kirgan va halok bo‘lgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz