ALABAMA
ALABAMA — AQSh shtati, mamlakatning Janubda. Yer yuzasining katta qismi tekislik, shimol va shimoli-sharqida Tennessi daryosi kesib o’tgan Appalachi tog’larining tarmoqlari bor. Maydoni 133,7 ming kilometr kvadrat. Aholisi 4,1 million kishi (30% negrlar, 1992). Ma’muriy markazi — Montgomeri shahri. Shahar aholisi 55%. Sanoatining asosiy tarmoqlari — qora metallurgiya va metallsozlik. Toshko’mir, temir rudasi, boksit qazib chiqariladi. To’qimachilik, kimyo (Masalan – Shols, Xantsvill) va yog’och-qog’oz sanoati (Chayldersberg) rivojlangan. GESlar bor. Tennessi vodiysida — kimyo va boshqa korxonalar, Xantsvillda aviatsiya-raketa hamda portlovchi moddalar zavodlari bor. Qishloq xo’jaligining asosiy mahsulotlari: broiler jo’jalar (mamlakatda 3 – o’rinda), paxta, tuxum. kramol boqiladi. Dehqonchilikda makkajo’xori, yer yong’oq, xashaki ekinlar ekiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz