Al Thumama Stadium





Al-Thumama stadioni (arabcha: ملعب الثمامة Malʼab ath-Thumama) — Qatarning Al-Tumama shahridagi futbol stadioni. Bu 2022-yilda Qatarda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladigan stadionlardan biri hisoblanadi.




Qurilishi



Al-Tumama stadioni 2022-yil Qatarda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun qurilgan sakkizta stadiondan biridir. Stadion Hamad xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan. Qurilish ishlarida Qatarning „Al Jaber Engineering“ va Turkiyaning " Tekfen Construction " kompaniyalari hamkorligidagi qoʻshma korxona salmoqli ishtirok etmoqda. Arab muhandislik byurosi bosh meʼmori Ibrohim Jayda tomonidan yaratilgan arxitektura dizayni oʻz ilhomini Yaqin Sharq boʻylab erkaklar va oʻgʻil bolalar kiyadigan anʼanaviy taqiya shlyapasidan olgan. 50,000 m (540,000 kv. ft) oʻlchamdagi bogʻ stadionni oʻrab olgan. Stadion sigʻimi 40 000 oʻringa moʻljallangan. Jahon chempionatidan soʻng stadion oʻrindiqlarining yarmi olib tashlanadi va boshqa davlatlarga sovgʻa qilinadi. U 2021-yil 22-oktabrda ochilgan.


Al-Tumama stadionining qurilishi FIFA Jahon chempionati-2022 arafasida qurilgan boshqa stadionlar qatori bir qancha inson huquqlari tashkilotlari, jumladan Amnesty International tomonidan qoralangan.



Tarixi



Stadionning ochilishi 2021-yil 22-oktabr kuni Amir kubogi finali munosabati bilan boʻlib oʻtdi.


2018-yil may oyida Al-Thumama stadioni Sport va stadionlar nominatsiyasida MIPIM/Architectural Review Future Project Award mukofoti bilan taqdirlandi.


Stadionda FIFA Arab Cup 2021 turniri davomida oltita oʻyin, jumladan, mezbon Qatar va Jazoir oʻrtasidagi yarim final oʻyini boʻlib oʻtdi.



2022-yilgi FIFA Jahon chempionati



Al-Tumama stadioni 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida sakkizta oʻyinga mezbonlik qiladi.




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz