Al Hasan masjidi





Al-Hasan masjidida qadimiy, anʼanaviy va zamonaviy islom sanʼati uygʻunlashgan. U 12 ta gumbaz, ikkita minora va Bahrayndagi eng katta mehrobga ega. Masjid Muhammad bin Yusuf Al-Hasan tomonidan barpo etilgan.




Tuzilishi



Masjid turk arxitektorlari tomonidan loyihalashtirilgan va 2018-yilda qurib bitkazilgan. Ikki konussimon minora Usmonli uslubida qurilgan boʻlib, balandligi 55 metrni tashkil qiladi. Gumbazlarning umumiy soni 12 ta. Asosiy gumbaz 4 ta oʻrta gumbaz bilan oʻralgan boʻlib, ularning ostida 7 ta kichikroq gumbaz joylashgan. Barcha gumbazlar BAAda ishlab chiqarilgan shisha tolali somashyodan tayyorlangan. Eshiklar Hindistondan keltirilgan teak daraxti yogʻochidan qilingan. Gilam va 21 ta qandil Turkiyada ishlab chiqarilgan.


Masjid tarkibida ikkita namozxona, Qur’on markazi, ikkita tadbir zali, media markaz shuningdek, imom, muazin, farrosh va ishchilar uchun turar joy mavjud. Masjid namoz zallari va portikolarda umumiy 2000 nafar namozxonni sigʻdira oladi.


Mehrob (namoz oʻqiladigan joy) Misr uslubida yasalgan boʻlib, Misr muhandislari va mutaxassislari tomonidan tayyorlangan.



Turizmi



Masjid namozgoh boʻlishidan tashqari, 2022-yilning yanvar oyidan boshlab barcha din vakillari uchun sayohatlarni amalga oshira boshladi.



Galereya




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz