Al Fateh katta masjidi





Al-Fateh masjidi (shuningdek , Al-Fateh islom markazi va Al Fateh katta masjidi nomi bilan ham tanilgan) (arabcha: مسجد الفاتح; Transliteratsiya qilingan: Masjid al-Fatih) dunyodagi eng katta masjidlardan biri boʻlib, 6500 kvadrat metr maydonni egallagan va bir vaqtning oʻzida 7000 dan ortiq namozxonni oʻzida sigʻdira oladi. Masjid marhum Shayx Iso bin Salmon Al Xalifa tomonidan 1987-yilda qurilgan va Ahmad Al Fateh nomi bilan atalgan. 2006-yilda bu joy Bahrayn Milliy kutubxonasiga aylantirildi.




Tavsifi



Masjid Bahrayndagi eng katta namoz oʻqiladigan joy boʻlgan. U Manama shahriga qoʻshni boʻlgan Juffair shahridagi Al Fateh avtomagistrali boʻyida joylashgan. Al-Fateh masjidi tepasida qurilgan ulkan gumbaz butunlay shisha tolali xomashyodan qurilgan. Ogʻirligi 60 tonnadan ortiq boʻlgan gumbaz dunyodagi eng katta shisha tolali gumbaz hisoblanadi. Qavatlarda ishlatiladigan marmar Italiyadan, qandil esa Avstriyadan keltirilgan. Eshiklar Hindistonda oʻsadigan teak daraxtining yogʻochidan qilingan. Masjid boʻylab kufiy xattotligi yozuvlari bilan bezaklar qilingan.



Kutubxonasi



Ahmad Al-Fateh islom markazi kutubxonasida 7000 ga yaqin kitoblar mavjud boʻlib, ularning baʼzilari 100 yil va undan ham eskiroqdir. Bularga Muhammad paygʻambarning taʼlimotlari kitoblarining nusxalari yoki hadis kitoblari, Global Arab ensiklopediyasi, Islom huquqshunosligi ensiklopediyasi, Al-Azhar jurnallari kiradi. Shuningdek, kutubxonada koʻplab davriy nashrlar va jurnallarning koʻplab sonlari mavjud.



Turizm



Masjid ibodat qilinadigan joy boʻlishidan tashqari, Bahraynning asosiy sayyohlik joylaridan biri hisoblanadi. U soat 9:00 dan 16:00 gacha ochiq boʻladi hamda bu yerda amalga oshiriladigan sayohatlar turli tillarda, jumladan, ingliz, fransuz, filippin, rus va boshqa koʻplab dunyo tillarda olib boriladi. Masjid juma kunlari tashrif buyuruvchi nomozxonlar va sayyohlar uchun ochiqdir.



Galereya




Yana qarang




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz