Al A’sha
Al-Aʼsha An-Nabigʻaning shoirlik sheʼriyati anʼanalarini davom ettirgan. U Old Osiyo davlatlari (Iroq, Suriya, Eron va boshq.)ning deyarli barcha poytaxtlariga borgan va hamma yerda saroy shoiri sifatida soʻzga chiqqan. Al-Aʼshaning qasidalarida, odatdagi elementlardan tashqari ziyofat tasvirlari va sharob maqtovlari batafsil keltirilgan. Al-Aʼsha qasidalarining sharobga bagʻishlangan qasidalari Tarafa va Antara qasidalarining tegishli joylari singari, sharob sheʼriyati (xamriyat) janrining kurtaklari bolgan. Bu janr al-Axtal va Abu Nuas ijodida toʻliq shakllangan. Tanqidchilar doimo tabiatning ajoyib tavsiflariga urgʻu berganlar. Ularga koʻplab tajassum etish (jonlantirib tasvirlash)lar jonli tus bergan.
Manbalar
uz.wikipedia.org