AKVEDUK



AKVEDUK (lotincha aqua — suv va dico — eltaman), suv o’tkazgich-ko’prik — jar, dara, daryo, yo’l ustidan o’tkaziladigan nov yoki quvurdan iborat ko’priksimon, estakada ko’rinishidagi suv o’tkazuvchi inshoot. O’tkaziladigan joyning uzunligi va chuqurligiga qarab, Akveduk yog’och, temirbeton, tosh, beton va metalldan quriladi. O’zbekistonda qadim zamonlardan buyon Akveduklar yog’och va toshdan qurilib kelingan. Masalan, 8 – asr oxiri — 9 – asr boshlarida Afrosiyobni suv bilan ta’minlash maqsadida pishiq g’ishtdan Akveduk qurilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz