AKVAMETRIYA



AKVAMETRIYA (lotincha aqua — suv va Yunoncha metreo — o’lchayman) — anorganik va organik moddalar tarkibidagi suv miqdorini bevosita aniqlash. Bunda, masalan, moddani maxsus shkafda o’zgarmas vaznga kelguncha quritish yoki uni kaltsiy karbid bilan ishlab, ajralib chiqadigan atsetilen hajmini o’lchash kabi usullar qo’llaniladi. Akvametriyaning boshqa usullardan afzalligi shundaki, modda tarkibidagi suv erigan, yutilgan, gidratlangan, kristall va boshqa holatlarda bo’lib, miqdori juda oz bo’lganida ham bu usul qo’l kelaveradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz