Akvamarin





Akvamarin (lot. aqua marina — dengiz suvi) — mineral. Qattiqligi 7,5- 8. Akvamarin 2,63-2,80. Rangi zangori, koʻkimtir-yashil yoki kulrang-zangori. Geksagonal prizmasimon choʻziq shaklga ega. A. granit peg-matitlarida va yuqori temperaturali kvars yerto-mirlarda uchraydi. Akvamarin qimmatbaho tosh, zargarlik buyumlari uchun ishlatiladi. Uning yaroqsiz darz ketgan turlari berilliy olish uchun xomashyo hisoblanadi. Akvamarinning qiymati uning vazni, rangi, kesilishi yoki tiniqligi bilan belgilanadi.




Qazib olinishi



Akvamarinni Afgʻoniston, Xitoy, Keniya, Pokiston, Rossiya, Mozambik, Qoʻshma Shtatlar, Braziliya, Nigeriya, Madagaskar, Zambiya, Tanzaniya, Shri-Lanka, Malavi, Hindiston, Zimbabve kabi mamlakatlarda topish mumkin. Minas-Jerais shtati akvamarin qazib olinuvchi asosiy manba hisoblanadi.



Adabiyotlar



















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz