Akvafobiya
Akvafobiya (aqua — suv va yun. φόβος —choʻchish, qoʻrqish), suvdan choʻchish —qoʻrquv holati; bemorga bir qultum suv ichirilsa, suv koʻrsatilsa yoki suv eslatilsa, uning yutish muskullari tortishib qoladi, u qattiq choʻchib tushadi va ogʻriq sezadi. Quturish, qoqshol, isteriyada kuzatiladi .
Bu fobiyani shuningdek zarar yetkazmaydigan narsalardan qoʻrqishni keltirib chiqargani tufayli ham boshqalaridan ajralib turadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org