Aktyubinsk






Aqtoʻbe shahri  (qozoqcha: Ақтөбе) — Qozogʻiston Respublikasining Aqtoʻba viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Respublikaning shimoli-garbida, Ilek daryosining (Ural tarmogʻi) chap sohilida, Orenburg — Toshkent temir yoʻl yoqasida joylashgan. Avtomobil va havo yoʻllarining muhim tuguni. Shahar 1869-yilda Oqtoʻba (Oqtepa) qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1891-yildan shahar. Rossiyaning Orenburg viloyati bilan, Qozogʻistonning Gʻarbiy Qozogʻiston, Atirau, Qoʻstanoy, Qiziloʻrda va Mangʻistov viloyatlari bilan chegaradosh. Aqto'be viloyatining markazi. Shaharda 300 mingdan ziyod aholi istiqomat qilishadi. Shaharda 3 oliy oʻquv yurti, teatr, 2 muzey mavjud.




Aholisi



Shahar aholisi koʻp millatli hizoblanadi. Shaharda 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 367,220 kishi istiqomat qilishadi. Aholining milliy tarkibi quyidagicha:




Tarixi



Shahar 1869-yil 28-mayda Oqtoʻba (Oqtepa) qalʼasi sifatida vujudga kelgan. Shaharning qurulishi boshlanishini Peterburgning „Birjeviye vedomosti“ gazetasi bunday yozadi: „… Aqtoʻbe qamaliga Yelek daryosining chap tarafida Yelek himoyasidan 180 verst, Orenburg-Qazali karvon yoʻliga yaqin, Qargʻali daryosining tarmogʻidagi Ilinka stansiyasidan 170 verst uzoqlikda yer tanlab olindi. Qurulish hozirning oʻzida boshlanib ketdi, Yelek uezd boshqarmasini kuzgacha koʻchirish koʻzlanmoqda“.


Aqtoʻbeni rivojlantirishning bosh rejasi 1881-yili qabul qilindi.


1880-yil Aqtoʻbeda ilk marotaba aholi sanogʻi oʻtkazildi, aholi soni 409 kishini tashkil qildi. Ular 38 uyda yashashdi va uning 5 uyi daraxtdan, 33 uyi somon gʻishtdan qurulgan edi.


Aqtoʻbeda birinchi maktab 1884-yil barpo etilddi. Birinchi „Triumf“ sinematogrofi 1910-yildan boshlab faoliyat yuritdi.


1901-yili birinchi marta Toshkent va Orenburgni Aqtoʻbe orqali bogʻlovchi temir yoʻl qurulishi boshlandi.



Sanoati



Qozogʻistonning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Ferroqotishma va xrom birikmalari zavodlari, mashinasozlik (rentgen apparatlari va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodlari), yengil va oziq-ovqat sanoatlari korxonalari (goʻsht va sut kombinatlari, tegirmon, elevator, trikotaj, mebel va tikuvchilik fabrikalari), „Aktyubinskkimyoplastmass“ ishlab chiqarish birlashmasi bor. Qurilish materiallari ham ishlab chiqariladi.



Galeriya




Manbalar




Havolalar



















uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Aktyubinsk — Qozog‘istonning g‘arbiy qismida joylashgan yirik shahar. U Aktobe viloyatining ma’muriy markazi hisoblanadi. Aktyubinsk shahri Ural daryosi yaqinida joylashgan bo‘lib, strategik muhim hudud hisoblanadi.

Tarixan, Aktyubinsk 19-asrda ruslar tomonidan harbiy karvon yo‘li ustida joylashgan chorvadorlik va savdo posyolkasi sifatida tashkil etilgan. Shahar iqtisodiyotida neft va gaz sanoati, metallurgiya, kimyo sanoati muhim rol o‘ynaydi. Aktyubinsk shahrining geografik joylashuvi uning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratgan.

Aholisi asosan qozog‘istonliklar va ruslardan iborat bo‘lib, shahar ko‘p millatli madaniyat markazi hisoblanadi. Madaniy hayotda teatrlar, muzeylar va universitetlar faoliyat yuritadi.

Aktobe shahrining qo‘shimcha nomi Aktyubinsk sovet davrida ishlatilgan, 1999-yildan boshlab rasmiy nomi Aktobe deb o‘zgartirilgan. Bugungi kunda Aktobe Qozog‘istonning muhim sanoat va transport markazi sifatida mamlakat iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz