AKTSIYADOR
AKTSIYADOR — aktsiyaning egasi, undan naf ko’ruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Aktsiyador aktsiyadorlik jamiyatining a’zosi, o’z aktsiyasini tasarruf eta oladi. Aktsiyador ayrim fuqaro, firma, korxona, bank, turli investisiya fondlari, davlat (hukumat) va jamoat tashkilotlari bo’lishi mumkin. Qo’lidagi aktsiya miqdori va turiga qarab Aktsiyadorlarning maqomi har xil bo’ladi (ayrimlari faqat daromad olishi, ayrimlari korxona boshqaruvida ishtirok etishi mumkin). Aktsiyador aktsiya chiqargan korxonaning hamkorlikdagi egasi hisoblanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz