AKTIV CHO’KMALAR – radioaktiv yemirilish yoki yadro reaktsiyasi natijasida tezlashgan radioaktiv atomlardan vujudga kelib, gaz fazasidan qattiq jismlar sirtiga o’tirib qolgan zarrachalar to’plami. Ularni tadqiq etish yo’li bilan zarralar qanday radioaktiv moddadan chiqqan bo’lsa, shular miqdorini aniqlash va o’rganish mumkin, buni Aktiv cho’kmalar usuli deyiladi. Undan ATM.ning radioaktiv zarralar bilan ifloslanganligini bilishda va qisqa vaqt barqaror bo’lib, radioaktiv zarralarga parchalanadigan izotoplarni o’rganishda foydalaniladi. Radioaktiv izotoplar olishda ham ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish