Aktiniyalar




Aktiniyalar (Actiniaria) — dengiz boʻshliqichlilari turkumi; marjon-poliplar sinfi olti nurlilar kenja sinfiga mansub. Koʻpchilik turlari yakka yashaydi. Tanasi silindr shaklida, yor-qin rangli, tana diametri 0,5 m gacha , pastki yassi tomoni tovon deyiladi. A. muskulli tovoni yordamida sekin harakatlanishi mumkin. Ayrim turlari suv tubiga yopishib yoki qumga koʻmilib olib harakatsiz yashaydi, suzib yuradigan turlari ham maʼlum. Ta-nasining yuqori uchida juda koʻp paypas-lagichlar bilan oʻralgan ogʻzi joylashgan. A. yirtqich, mayda umurtqasizlar, hatto mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Oʻljasini otuvchi hujayralar bilan qurollangan pay-paslagichlar yordamida falajlaydi yoki oʻldiradi. Otuvchi hujayralari zahari odam terisini ham kuydirib, ogʻriq paydo qilishi mumkin. Jinsiy va jinssiz — boʻyiga yoki koʻndalangiga boʻlinish orqali kupayadi. 1500 ga yaqin turi Orol va Kaspiy dengizidan boshqa barcha dengizlarda tarqalgan. Koʻpchilik turlari zohid qisqichbaqalar va boshqa umurtqasizlar bilan simbioz yashaydi.



Adabiyotlar



















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz