AKSONOMETRIYA (Yunoncha axop — o’q va metriya) — predmetlarni chizmada parallel proektsiyalar yordamida tasvirlash usuli. Fazoviy shakllarning aksionometrik proyeksiyalarini qurish uchun uchta o’zaro perpendikulyar o’qlar OX, OY, OZ va shu o’qlardagi masshtab uzunliklar tanlanadi. So’ngra ushbu shakl va bu o’qlar masshtab bilan birga proyektsiyalar tekisligiga proyektsiyalanadi. Proyektsiyalash yo’nalishi bilan aksonometrik proyektsiyalash tekisligi orasidagi burchakka qarab to’g’ri burchakli va qiyshiq burchakli Aksonometriya xillarga bo’linadi. Uch koordinata kesmalari bir xil o’zgaradigan (izometriya) va faqat ikki koordinata kesmalari bir xil o’zgaradigan (dimetriya) Aksonometriyalar ko’proq uchraydi. Aksonometriya yaqqol bo’lishi bilan birga, unda tasvirlangan narsaning o’lchamlarini topishga, predmetning askonometrik tasviri uning koordinatalar sistemasiga nisbatan to’la shaklini va joylashishini tiklashga imkon beradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish