Akshara Gowda





Akshara Gowda (tugʻilgan paytidagi ismi Harini Gowda ) — hind, tamil va kannada filmlarida suratga tushgan hind aktrisasi. Uni "Chitkabrey" - (Kulrang soyalar) filmidagi ijro etgan roli mashhur qilgan. U Bollywooddagi debyutini 2013-yilda Priyadarshanning "Rangrezz" filmida amalga oshirgan. Gouda Ajith-Vishnuvardhanning "Arrambam" nomli tamil tilidagi filmida rol ijro etgan. Akshara Gowda o'sha "Arrambam" filmidagi "Stil Tamizxachi" qo'shig'iga ishlangan klipida suratga tushishi bilan yanada mashhur bo'ldi va u tezda xit qo'shiqqa aylandi. U shuningdek, tamil tilidagi Thuppakki filmida rol o'ynadi.




Yoshlik yillari



Akshara Gowda Bangalorda, Karnatakada dunyoga kelgan. Otasi, tadbirkor JPS Gowda va onasi Gowri Gowda. Uning Hamsa degan ukasi bor. Uning 1999-yilda tugʻilgan Harshitha ismli singlisi bor. Akshara Gowda Bangalordagi Yangi Kembrij o'rta maktabida o'qigan va keyin Vijaya Junior kollejida, Bangalordagi SKIT kollejida muhandislik fakultetini tamomlagan. O'rta maktabda o'qib yurganida, u shtat darajasida tosh uloqtirish va stol tennisi bilan qiziqib shug'ullangan. Shuningdek, modellik shoularining doimiy ishtirokchisi bo'lgan edi.



Shaxsiy hayoti



2011-yil aprel oyida gazetalarda Akshara Gowda hind kriketchisi Yuvraj Singh bilan unashtrilgani e'lon qilindi. Biroq, Gowda unashtiruvni tez kunda rad etib chiqdi va bu shunchaki ommaviy axborot vositalarining mish-mishi ekanligini aytdi.


2017-yilda bergan intervyusida Gowda ruhiy jihatdan depressiyaga tushib qolganini va uni yengish boʻyicha shaxsiy tajribasi haqida gapirdi.



Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz