Aks sado (musiqa)





Aks sado (musiqada) — musiqali ibora yoki hamohang tovushlarning zaif kuch bilan takrorlanishiga (ayni yoki boshqa ovozlar, sozlarda) asoslangan badiiy us-lub. Xor, opera, orkestr va boshqa musiqasida qoʻllaniladi. O. Lassoning mashhur „Aks sado“ („Exo“) xor asari Aks sado (musiqa) uslubida yaratilgan. L. Betxoven, E. Grig, G. Maler va boshqa kompozitorlar ijodida koʻp uchraydi. Oʻzbekiston kompozitorlari asarlarida Aks sado (musiqa) ifodaviy vosita sifatida qoʻllaniladi. Mas, M. Burhonovning „Alisher Navoiyga qasida“ joʻrsiz xorlari, M. Mahmudovning „Muhammas va ufor“ va hokazo Organ cholgʻusi registrlaridan biri ham "Aks sado (musiqa) " deb ataladi.



Adabiyotlar
























uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz