AKS ETTIRISH
AKS ETTIRISH — matematika tushunchalaridan biri. Ikki ixtiyoriy X va Y to’plam hamda biror qonun (qoida) berilgan bo’lib, bu qonunga binoan X ning har bir x elementiga Y ning aniq bir u elementi mos qo’yiladi. Bu holda X to’plam Y to’plamga aks ettirilgan deyilib, quyidagicha belgilanadi: f:x—>y yoki X da aniqlangan va qiymatlari sohasi u bo’lgan u – f(x) operator berilgan deyiladi. Moslik o’rnatiladigan qonun analitik, grafik, jadval va hokazolar tarzida berilishi mumkin.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz