Akromov Toshxo‘ja





Toshxoʻja Akromov (1936.23.5, Toshkent) — kinorejissyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgan (1957). Hamza teatrida aktyor (1955- 62), „Oʻzbekfilm“da rejissyor yordamchisi, rejissyor (1962-68), „Oʻzbektelefilm“da rejissyor (1968-79), 1979-yildan Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor Akromov 10 dan ortiq badiiy filmlarda rejissyor yordamchisi. Eng yaxshi filmlari: „Komiljon Otaniyozov kuylaydi“, „Shashmaqom“, „Oʻzbekiston sanʼati“, „Sharqning yetti goʻzali“, „Oyqulash“, „Ohanglarda qalb harorati“, „Oybek“, „Nabi Gʻaniyev“, „Afsonaga aylangan ism“, „Sato“ va boshqalar.



Adabiyotlar
























uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz