AKROMOV



AKROMOV Toshxo’ja (1936.23.5, Toshkent) —kinorejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1983). Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1957). Hamza teatrida aktyor (1955— 62), “O’zbekfilm”da rejissyor yordamchisi, rejissyor (1962-68), “O’zbektelefilm”da rejissyor (1968-79), 1979 yildan O’zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor. Akromov 10 dan ortiq badiiy filmlarda rejissyor yordamchisi. Eng yaxshi filmlari: “Komiljon Otaniyozov kuylaydi”, “Shashmaqom”, “O’zbekiston san’ati”, “Sharqning yetti go’zali”, “Oyqulash”, “Ohanglarda qalb harorati”, “Oybek”, “Nabi G’aniyev”, “Afsonaga aylangan ism”, “Sato” va boshqalar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz