AKROMEGALIYA



AKROMEGALIYA (Yunoncha akros — oyoq-qo’l va megos — katta) — miya ortig’i (gipofiz) o’sish gormonini ortiqcha ishlab chiqarish natijasida kelib chiqadigan endokrin kasallik. Bunda odamlarning laboratoriya, burun, pastki va yuqori jag’i hamda oyoqqo’li, shuningdek ichki a’zolari kattalashib ketadi. Akromegaliyada tana skeleta, yumshoq to’qimalari (biriktiruvchi to’qima, muskul, shilliq pardalar) haddan tashqari o’sib ketadi. Ko’pincha 18-35 yoshdagi kishilar (aksari ayollar) da uchraydi. Akromegaliyada ichki sekresiya bezlarining faoliyati ham buziladi. Akromegaliya rentgen nurlari, gormonal preparatlar, shuningdek jarrohlik yo’li bilan davolanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz