Akrom Xoʻjayev





Akrom Xoʻjayev (1927-yil 13-yanvar, Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri — 2009-yil) — sovet davlat va partiya arbobi, geoglogiya-mineralogiya fanlari doktori (1969), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan geolog (1977). 1950-yildan KPSS aʼzosi.




Tarjimai holi



Akrom Rustamovich Xoʻjayev 1927-yil 13-yanvarda Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida tavallud topgan. 1962-yilda I. M. Gubkin nomidagi Moskva Neft kimyosi va gaz sanoati institutini tugatgan. 1948—1961-yillarda Oʻzbekiston SSR Xalq xoʻjaligi kengashining gaz va neft sanoati boshqarmasida ishlagan. 1961—1965-yillarda Andijon viloyati partiya qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston Xalq xoʻjaligi kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, Andijon viloyati sanoat partiya qoʻmitasi birinchi kotibi, Andijon viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Xalq xoʻjaligi kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 1965—1985-yillari Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari, 1985—1988-yillarda Oʻzbekiston SSR Mineralogiya ministrligi tasarrufidagi Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti katta ilmiy xodimi, 1988—2009-yillari mazkur institutning bosh ilmiy xodimi vazifasida ishlagan. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti aʼzosi. 6—9-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1963—1979-yillar).


Akrom Xoʻjayev 2009-yilda vafot etgan.



Ilmiy faoliyati



Akrom Xoʻjayevning ilmiy ishlari, asosan, Oʻzbekistondagi neft-gaz konlarining paydo boʻlishi, mineral yoqilgʻi resurslari, ularni qidirib topish va foydalanishning iqtisodiy samaradorligi masalalariga bagʻishlangan. 1969-yilda Akrom Xoʻjayev „Fargʻona vodiysi shimoliy qismining geologik tuzilish xususiyatlari va neft-gazlilik istiqboli“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Akrom Xoʻjayev Oʻrta Osiyodagi neft-gaz va yoqilgʻi resurslari hamda geologiya boʻyicha 50 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 6 ta monografiya muallifi hisoblanadi. Akrom Xoʻjayev Moskva (1971, 1976), Nice (1973), London shaharlarida (1976) oʻtkazilgan neft-gaz kongresslari ichtirokchisi.



Asarlari




Unvon va mukofotlari




Manbalar




Adabiyotlar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz