Akrom Gʻaniyev
G‘aniyev Akrom To‘lqinovich (1981-yil Andijon viloyatida tavallud topgan) — „Nil-granit“ masʼuliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish boʻyicha direktor oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.
Biografiya
Akrom Gʻaniyev 1981-yil 1-martda Andijon viloyatida tavallud topgan.
2017-yil Akrom Gʻaniyev shuhrat medali bilan taqdirlandi.
2020-yil 6-17-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini saylash bo‘yicha qo‘shma majlislar bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish natijalariga koʻra, Akrom Gʻaniyev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga saylandi.
2021-yil 20-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoyishi bilan Gʻaniyev Akrom Toʻlqinovich
„Eng koʻp ish joylari yaratgan tadbirkor“ sifatida eʼtirof etildi.
Manbalar
Havolalar
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
G‘aniyev Akrom To‘lqinovich
uz.wikipedia.org