Akram Afif





Akram Hasan Afif Yahyo Afif (talaffuzi: Akram Afif; 1996-yil 18-noyabrda tugʻilgan) — qatarlik professional futbolchi, Qatarning Al Sadd klubi va Qatar milliy futbol jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.


Faoliyatining boshida Afif Qatardan paydo boʻladigan eng istiqbolli futbolchilardan biri hisoblangan. Akram 2019-yilgi Osiyo Kubogini Qatarga olib kelinishiga hissa qoʻshgani uchun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi erkak futbolchisi boʻlish uchun uch kishilik nomzodlar roʻyxatidan joy oldi. 2019-yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi.




Jamoalardagi faoliyati



Ilk faoliyat davri



Akram Afif Dohada tugʻilgan, otasi asli somali-tanzaniyalik va onasi yamanlik. Afif Al-Markhiya, keyin esa Al Sadd yoshlar jamoalarida oʻynagan va 2009-yilda Al-Saddga talaba sifatida qoʻshildi. Aspiredagi faoliyati davomida Afif Ispaniyaga talabalar almashinuv dasturi boʻyicha sayohat qilgan, Sevilla va Villarreal yoshlar jamoalarida oʻynagan.


U 2013-yilgi Al Kass xalqaro kubogida Sevilla sharafini himoya qilgan, jamoaning birinchi oʻyinida Aspire Academyga qarshi oʻyin 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlanganida dubl va golli uzatmani amalga oshirgan.


Afif keyinchalik Vilyarrealning yoshlar jamoasiga qoʻshildi.


2015-yil yanvar oyida Afif Eupen klubiga oʻtdi. Afif 19-yanvar kuni Eendracht Aalstga qarshi debyut uchrashuvida gol urdi. 24-yanvar kuni KRC Mechelenga qarshi navbatdagi oʻyinda jamoasining beshta golidan uchtasiga assistentlik qildi.


Afif oʻzining birinchi katta mavsumini toʻqqizta oʻyinda ikkita gol bilan yakunladi. 2016-yilning 18-martida Eupen bilan KSV Roeselarega qarshi uyinda 4:0 hisobida galaba qozondi.



Villarreal



2016-yilning 8-mayida Afifning yana Villarrealga bu safar doimiy shartnoma asosida qoʻshilishi tasdiqlandi. Bu bilan u La Liga oʻynagan tarixdagi Qatarda tugʻilgan birinchi futbolchiga aylandi. 4-avgustda Afif bir mavsumlik shartnoma asosida boshqa top-klubdagi „Sporting de Gijón“ga ijaraga berildi.


Afif Ispaniya futbolining asosiy toifasida debyutini 2016-yilning 21-avgustida oʻtkazdi va oʻz maydonida Atletic Bilbaoga qarshi oʻyinda (2:1) Burguining oʻrniga maydonga tushdi. Toʻqqizta liga oʻyinlaridan soʻng, Afif 2017-yil 14-iyulda oʻzining birinchi katta klubiga — Eupenga bir yillik ijara shartnomasi asosida qaytdi. U 2018-yilning yanvar oyida oʻz vataniga qaytib, Al Saddda oʻynadi va u yerda mavsumni juda muvaffaqiyatli oʻtkazdi.



Xalqaro faoliyati




Afif 2014-yilda Qatar U-20 terma jamoasining 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan. Asosiy turnir davomida Afif KXDRga qarshi finalda yagona gol urib, Qatarga gʻalaba keltirdi.


Akram 2015-yilning sentyabr oyida bosh murabbiy José Daniel Carreño tomonidan kattalar terma jamoasiga chaqirilgandi. 2015-yil 3-sentabr kuni JCh-2018 saralash bosqichida Qatarning Butanga qarshi oʻyinida (15:0) gol urgan. Afif oʻyinda golli uzatmani ham rasmiylashtirdi.


Qatarning 2019-yilgi Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatli oʻyinlari davomida Afif oʻz jamoasiga kubokni koʻtarishda muhim rol oʻynadi va umumiy hisobda 10 ta golli uzatmani qayd etdi, bu turnirdagi yangi rekorddir.



Shaxsiy hayoti



Akram Qatarning Doha shahrida tugʻilgan. Ali Afif ismli akasi bor, QSL jamoasining Al-Duhail klubi futbolchisi. Uning otasi Hasan Afif asli somalilik boʻlib, Tanzaniyaning Moshi shahrida tugʻilgan. Otasi avval Tanzaniyaning Simba jamoasida oʻynagan, ammo keyinchalik Somaliga koʻchib oʻtgan va u yerda Horseed va Somali terma jamoasida oʻynashni davom ettirgan. Keyinchalik Qatarga koʻchib oʻtdi va Al Ittihad (keyinchalik nomi Al Gharafa deb oʻzgartirildi) jamoasida oʻynadi. Onasi — Fayza Yamanlik.


Akram Sevillaga oʻtganida ispan tilini oʻrgana boshlagan. 2015-yil iyun oyida Aspire akademiyasini tamomlagan.



Faoliyat statistikasi



Klub



29 January 2021[25]





Xalqaro gollar



Ballar va natijalar birinchi boʻlib Qatarning gollar sonini sanab oʻtadi[26]

Yutuqlari




Al Sadd




Xalqaro




Individual




Manbalar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz