Akopjanyan Valeriy
Valeriy Akopjanyan (1949. 28.8) - Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan meʼmor (1995).
Valeriy Akopjanyan 90 ta loyiha va 25 ta ilmiy asarlar muallifi, Toshkent shahar hokimiyati me’morchilik va qurilish Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi muovini, Toshkent shahar bosh rejasini tuzish bo‘yicha ilmiy-tekshirish, tadqiqot va loyihalash institutining direktori V.
Akopjanyan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor” faxriy unvoni sohibidir.
Valeriy Akopjanyan 1949 yil Qorabog‘ avtonom viloyatining Stepanakert shahrida tavallud topgan. 1967 yilda Samarqand arxitektura qurilish institutiga o‘qishga kirib, talabalik davridayoq ijodiy tanlovlarda faol qatnashgan. Madridda o‘tkazilgan talabalar o‘rtasidagi tanlov laureatiga aylangan. Shuningdek, keyinchalik ilk mustaqil loyihasiga aylangan ijodiy ishi tanlovda g‘olib topilib, uning asosida Ishtixon tumanida Yodgorlik majmuasi bunyod etilgan.
Samarqand arxitektura qurilish institutida o‘qishni tamomlagach, kafedrada dars bergani qoladi. 1976-yil u Moskva arxitektura turar-joy binolarini qurish institutiga aspiranturaga topshiradi. O‘qish yillarida u “Turar-joy binolarini isitishda quyosh nuridan foydalanish” mavzusida ilmiy dissertatsiyasini himoyalagan.
1979 yil avvalroq bosh arxitektor sifatida faoliyat ko‘rsatgan Toshkent ilmiy tekshirish va loyihalash institutining turar-joy binolarini qurish laboratoriyasiga rahbarlik qilgan. Bu yillar u bir nechta loyihalar va ilmiy tekshirishlarni boshqargan, ular qatorida Zomin dam olish qarorgohi va shaharning eski shahar qismidagi turar-joy loyihalari ham mavjud. 1992-1993 yillar zamonaviy binolarning katta majmualari ustida ish boshlaydi, Toshkent markazidagi Xalqaro ko‘rgazmalar zali shular jumlasidan.
A.Navoi haykali, “Turkiston” yozgi saroyini, Bektemir bozori, yopiq tennis maydoni, Oliy Majlis qonunchilik palatasi binosi kabi loyihalarni ishlab chiqqan.
2010 yil eski Olmazor shahrining qurilish loyihasini ishlab chiqqan.
Adabiyotlar
Toshkent. Ensiklopediya. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat milliy nashriyoti. Toshkent. 2009. - s. 784 (Wayback Machine saytida 2020-02-23 sanasida arxivlangan)
Havolalar
Akopjanyan Valeriy Ashotovich. arboblar.uz
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Akopjanyan Valeriy haqida aniq va kengroq ma'lumot berish uchun, iltimos, uning to‘liq ismi, faoliyat sohasi yoki u bilan bog‘liq boshqa ma'lumotlarni taqdim etsangiz, sizga ko‘proq yordam bera olaman.
Umuman olganda, Akopjanyan Valeriy degan ism haqida ommaviy manbalarda yoki ma'lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan maxsus ma'lumotlar mavjud emas. Agar u ilm-fan, san’at, sport yoki boshqa sohalarda faol bo‘lgan shaxs bo‘lsa, uning faoliyatiga doir qo‘shimcha ma'lumotlar kerak bo‘ladi.
Iltimos, qo‘shimcha ma'lumot taqdim eting yoki so‘rang, qaysi yo‘nalishda ma’lumot kerakligini aniqroq ayting. Shunda sizga yanada to‘liq va aniq javob berishga harakat qilaman.