Akop Sarkisov




Akop Abramovich Sarkisov (1907.15.12, Yelizavetpol gubernyasi Zangezur uyezdi Xinzirak qishlogʻi — 1971.26.7, Toshkent) — suv xoʻjaligi qurilishi, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi va Mirzachoʻlni kompleks oʻzlashtirish tashkilotchilaridan biri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan quruvchi (1965). 1923-yildan Partiya organlari va turli xoʻjalik tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Farhod GES qurilishi boshligʻi (1937—48), RSFSR dagi turli qurilish tashkilotlarida rahbar (1948—57). 1957-yildan Oʻzbekiston Ministrlar Soveti huzuridagi Mirzachoʻlni sugʻorish va oʻzlashtirish boʻyicha Bosh boshqarma ("Glavgolodnostepstroy", 1963-yildan "Glavsredazirsovxozstroy") boshligʻi. Bu yillarda Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda 400 ming ga yaqin qoʻriq yerlar oʻzlashtiriddi, yirik zamonaviy sugʻorish sistemalari qurildi, yerlarni oʻzlashtirishda yangi texnik yechimlar kashf etildi, paxtachilik va sholikorlik xoʻjaliklari tashkil etildi. Sirdaryo viloyati Doʻstlik tumanidagi xoʻjalikka, Janubiy Mirzachoʻl kapali va boshqalarga S. nomi berilgan.



Manbalar
























uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz